O‘zbekiston 2026 yilga borib xorijlik turistlar sonini 9 mln kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston 2026 yilga kelib mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijlik turistlar sonini 9 mln kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, 2010-2017 yillar davomida turizm xizmatlari eksporti ikki baravarga oshgan va 2017 yilda 546,9 mln, 2018 yilda esa 1 041 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
2016 yilga qadar xorijlik tashrif buyuruvchilarning o‘rtacha yillik o‘sishi 8%ni, 2017 yilda esa 7%ni tashkil etgan va 2,69 mln kishidan oshgan. 2018 yil natijalariga ko‘ra, respublikaga 5,3 mlnga yaqin xorijlik turist tashrif buyurgan.
Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy bosqichlari etib quyidagilar belgilandi:
• 2019-2020 yillarda – turizmni rivojlantirishning mustahkam qonunchilik asosini yaratish, infrastrukturani modernizatsiya qilish va mamlakat brendini ilgari surish bo‘yicha institutsional islohotlar o‘tkazish;
• 2021-2025 yillarda – mamlakat iqtisodiyotida turizm sanoati ulushini oshirish.
Ikkinchi yo‘nalishda mamlakat yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5%gacha yetkazish (2017 yil yakunlari bo‘yicha – 2,3%) hamda 9 mlndan ortiq, jumladan uzoq xorijdan 2 mln nafar turistni jalb etish maqsad qilingan.
2025 yilda turizm eksporti o‘sishini 951 mlndan 2,2 mlrd AQSh dollarigacha yetkazish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi
Jamiyat | 17:17 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi
Fan-texnika | 00:09
-
Luvr direktori muzeyning avariyaviy holatda ekanidan shikoyat qildi
Jahon | 00:00
-
Avstriyada milliarder Rene Benko hibsga olindi
Jahon | 23:05 / 23.01.2025
Mavzuga oid
19:50 / 08.01.2025
Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
12:32 / 22.10.2024