Soliq amnistiyasi 1 iyulga qadar davom etadi
Qat'iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari bo‘yicha hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish - soliq amnistiyasi yana davom ettiriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi farmoni bilan qo‘llanilgan moliyaviy jarima summalarini to‘lab berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan va natijada faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan 15,5 mingdan ortiq fuqarolarning 535,7 mlrd.so‘mlik yillar davomida bo‘ynida yuk bo‘lib kelgan qarzdorliklari hisobdan chiqarib tashlandi. Ularni faoliyati tiklandi.
Mazkur Farmonga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, ushbu tadbirlar 2019 yil 1 iyulga qadar davom ettiriladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida fuqarolar soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan manfaatdor bo‘lish kerakligi qayd etilgan edi.
Mavzuga oid
08:16 / 11.07.2021
G20 mamlakatlari moliya vazirlari global soliq to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi
07:41 / 22.04.2021
«Obnal ishi» bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bahslar bilan yakunlandi
11:32 / 22.06.2020
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi e'lon qilindi
12:21 / 14.12.2019