Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengizga AQShning katta desant kemasi yo‘l olmoqda
AQShning “Fort-Makgenri” (USS Fort McHenry (LSD 43)) desant kemasi Qora dengiz akvatoriyasiga yo‘l olmoqda. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 6-tezkor floti qo‘mondonligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda kema Qora dengizdagi ko‘rfazlardan o‘tmoqda.
“Fort-Makgenri”ning Qora dengizga tranziti bizning Qora dengiz xavfsizligini ta'minlashga jamoaviy qat'iyatimizni tasdiqlaydi va NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarimiz va mintaqadagi hamkorlarimiz bilan mustahkam aloqalarimizni yanada mustahkamlaydi”, deb aytgan vitse-admiral Layza Franchetti.
Bortida 500 ga yaqin askar bo‘lgan kema askarlar va jangovar texnikani tashlash uchun beshta havo yostig‘idagi transport kateri uchun dok kamerasi bilan jihozlangan.
Kemaning suv sig‘imdorligi 16,1 tonnani, uzunligi 190 metrni tashkil qiladi, u zenit artilleriyasi va raketa quroli bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026