19:50 / 07.01.2019
24121

Foto: «Real» yangi futbolchisini tanishtirdi

«Real» «Manchester Siti»dan transfer qilingan yangi futbolchisi Braim Diasni ommaga tanishtirdi. «Santyago Bernabeu»da o‘tkazilgan taqdimotda jurnalistlar va muxlislar ishtirok etishdi.

«Men o‘zim bolalikdan orzu qilgan klubga o‘tdim.

«Siti»dan ketishga qaror qilganimda menda faqat 3ta variant bor edi: «Real» Madrid, «Real» Madrid va «Real» Madrid», – degan Dias yangi klubidagi ilk intervyusida.

Madridliklar «Manchester Siti» bilan shartnomasi yakuniga yarim yil vaqt qolgan ispaniyalik 19 yoshli futbolchi transferi uchun 15 million yevro to‘ladi. Shuningdek, bu qiymat qo‘shimcha bonuslar evaziga yana 7,3 mln yevroga ortishi mumkin.

Madrid klubida Dias 21-raqamli futbolkada harakat qiladi.

Dias «Malaga» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013 yilda u «Manchester Siti» akademiyasiga o‘tkazilgan, 2016 yilda inglizlar jamoasida debyut qilgan. Lekin u joriy mavsumda Angliya chempionatida birorta o‘yinda ishtirok etmadi.

Top