O‘zbekiston | 20:20 / 07.01.2019
119455
2 daqiqa o‘qiladi

«Gaz zapravka»larda narx tushadi – manba 

Avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari — gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga  limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan  koeffitsiyent miqdori pasaytiriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda. 

2019 yilning 1 kunidan boshlab, respublikaning ayrim hududlarida «gaz zapravka»lari ko‘rsatayotgan xizmat narxi yana qimmatlab ketgani kuzatilgandi. AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi o‘rtacha 300–400 so‘mga oshdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 so‘m bo‘ldi. Oxirgi marta ushbu holat 2018 yil noyabr oyida, respublikaning barcha hududlarida joylashgan shoxobchalarda kuzatilgandi.

Xizmat narxining keskin oshib ketishiga limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun 2 koeffitsiyentda to‘lov amalga oshirilishi vaj qilib ko‘rsatilgandi. O‘sha payt, AGTKSda gaz tanqis bo‘lishini oldini olish maqsadida, «O‘zbekneftgaz» noyabr oyi uchun qo‘shimcha 40 million kub.m gazni realizatsiya qilishga kirishgandi

Ayni paytda limitdan tashqari realizatsiya qilinadigan gaz uchun koeffitsiyent miqdori 1,4 etib belgilanishi nazarda tutilmoqda.

«Limitni to‘liq bekor qilib, gazning AGTKSda realizatsiyasi uchun yagona narx belgilanishi ko‘rib chiqilmoqda. Shunda halol raqobat paydo bo‘ladi, talabga ko‘ra gaz yetkazib berish ta'minlanadi», — deydi Kun.uz bilan suhbatda manba. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov gaz masalasida Kun.uz'ga intervyu berib, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan 2 koeffitsiyent miqdordagi to‘lovni amalga oshirish tartibi bekor qilinishi haqida gapirgandi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid