Nashr Shveytsariyaning Small Arms Survey tashkiloti tadqiqoti natijalarini keltirib o‘tgan. Tadqiqotda 2017 yil yakunlariga ko‘ra, dunyoda o‘qotar qurolning umumiy soni 1 mlrdga yetgani, bu 2006 yilga nisbatan 32 foiz ko‘pligi aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, bu qurolning 85 foizi – 857 mln donasi tinch aholi qo‘lida mujassamlashgan, 133 mln donasi (13 foizi) harbiylarda, 23 mln donasi (2 foizi) huquq-tartibot idoralari ixtiyorida.
Eng ko‘p qurol AQSh aholisida bo‘lib, uning soni 393,3 mln donani tashkil qiladi. Bu borada 2-o‘rinni Hindiston (71,1 mln dona o‘qotar qurol), 3-o‘rinni Xitoy (49,7 mln dona), 4-o‘rinni Pokiston (43,9 mln dona) va 5-o‘rinni Rossiya (17,6 mln dona) egallaydi.











