Ektor Kuper: «Hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda ham g‘alaba qozonishimizga ishonayotgandim»
Osiyo Kubogini Ummonga qarshi qiyin kechgan uchrashuvdagi g‘alaba (2:1) bilan boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
«Ummon bilan o‘yinning qiyin o‘tishini kutgandik. To‘pga egalik qilish jihatdan kuchli jamoa ekanini ko‘rsatdi. Biz ikkita ikki xil bo‘limlarga guvoh bo‘ldik. Ikkinchi taymda, afsuski, Ummon o‘yinni ko‘proq nazorat qilishiga qo‘yib berdik. Shunga qaramay, har ikkala jamoa ham yetarlicha vaziyatlarga ega bo‘ldi», – dedi Ektor Kuper anjumanning kirish qismida.
– Jamoa ikkinchi bo‘limda sizning ko‘rsatmangiz bilan himoyaviy futbol ko‘rsata boshladimi?
– Ikkinchi bo‘limda himoyaviy o‘yin ko‘rsatish borasida ko‘rsatma berganim yo‘q. Tanaffusda futbolchilarga ko‘proq to‘pga egalik qilishni aytgandim, ammo afsuski Ummon juda yaxshi pressing qo‘llay oldi. Himoyaviy futbol ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bermadim.
– Musobaqa endigina boshlandi, ammo futbolchilarda hozirdanoq charchoq alomatlari ko‘zga tashlana boshlagandek ko‘rinmoqda.
– Futbolchilar tetik, charchashgani yo‘q. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yinning bunday kechishi sababli ular biroz asabiy to‘p surishgani uchun ham shunday ko‘rinishdi.
– Hisob 1:1 ko‘rinishiga kelganda g‘alaba qozona olishingizga qanchalik ishonayotgan edingiz?
– Durang hisob bo‘layotganda ham g‘alaba qozonishimizga ishonchim bor edi. Bunday qiyin o‘yinda g‘alabaga erisha olganimizdan xursandmiz.
– Pozitsion hujumlar juda kam; birinchi gol standart vaziyatdan, ikkinchisi esa zaxiradan tushgan Shomurodovning individual mahorati evaziga urildi. Asosiy tarkibda o‘ynagan Bikmayev va Siddiqovning o‘yini haqida nima deya olasiz?
– Men muayyan o‘yinchilarning yakka o‘zini olgan holda muhokama qilmayman. Futbolchilarning o‘zlari bilan gaplashib olishimiz kerak bo‘lgan mavzular yetarlicha. Gap faqat bir yoki ikki o‘yinchida emas.
O‘zbekiston terma jamoasi keyingi uchrashuvini Dubay shahrida Turkmaniston termasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 13 yanvar, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024
We Global Football: O‘zbekiston Osiyodan JCh-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun 4-da’vogar
15:20 / 20.11.2024
«Ikki qutbli jamoa». Natija, o‘yin, iste’fo va imkoniyatlar haqida
01:45 / 20.11.2024