Jahon | 23:18 / 09.01.2019
11579
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada yo‘qolgan qiruvchi samolyot falokatga uchragani ma'lum bo‘ldi 

Fransiyaning Yura va Du departamentlaridagi qidiruv operatsiyasi davomida mamlakat harbiy-havo kuchlarining Mirage 2000D qiruvchi samolyoti bo‘laklari topildi. Samolyot 9 yanvar ertalab radarlar ekranidan yo‘qolib qolgandi.   

France 3 telekanalining ma'lum qilishicha, samolyot ekipaji ikki a'zosining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Taxmin qilinishicha, ulardan biri  katapulta qilishga ulgurgan, chunki voqea joyida parashyut topilgan.

Fransiya mudofaa vazirligi samolyot falokatga uchraganini tasdiqlagan va u mamlakat sharqida mashg‘ulot parvozi vaqtida past balandlikda uchayotganda qulaganini qo‘shimcha qilgan. 

Qidiruv operatsiyasi davom ettirilmoqda, voqea sabablari o‘rnatilmoqda.

Avvalroq Yura tog‘li hududi ustida Nansi-Oshe aviabazasidan chiqqan, 2 uchuvchi boshqargan Mirage 2000D samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘lgani ma'lum qilingan. Guvohlarning aytishicha, samolyot havoda portlab ketgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid