Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy so‘rov: Siz amaldorlarni taniysizmi? – Xorazm viloyat hokimi
Kun.uz tahririyati bir muddat avval o‘zining yangi «Siz amaldorlarni taniysizmi?» loyihasini taqdim etgandi. Bunday ijtimoiy so‘rovni o‘tkazishdan maqsad - joylarda (viloyatlar kesimida) faoliyat yuritayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari xalq orasiga qanchalik kirgani va o‘z mansab vakolatini qanchalik odilona olib borayotganini o‘ziga xos uslubda aniqlashdan iboratdir.
Demak, navbatdagi so‘rov Xorazm viloyatiga safar chog‘ida o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Farhod Ermanovni fuqarolar qanchalik taniy olishlari o‘rganildi. Quyidagi videolavhada hokimni ushbu hudud aholisi qanchalik yaxshi bila olishlariga baho berishingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Viloyat hokimi joriy yilning aprel oyidan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritmoqda. Farhod Ermanovdan xalqning umidi katta.

Albatta, ijtimoiy so‘rovnoma, avval ham ta'kidlaganimizdek, qaysi amaldor qanchalik taniqli bo‘lishi barobarida uning o‘z hududida olib borayotgan ishlari qoniqarli yoki qoniqarsiz, yoxud oddiy xalq vakillarining siyosiy-ijtimoiy bilim saviyasini baholashdan yiroq. Bunday mezon qo‘yilgani ham yo‘q. Shunchaki, holatni ochiq-oydin ko‘rsatishdir, xulosa har kimning o‘ziga havola.
Mavzuga oid
08:34
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
16:58 / 22.05.2026