Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Talgo-250 tezyurar poyezdlari va ekonom-klass vagonlari sotib oladi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2019-2021 yillarda ikkita Talgo-250 tezyurar poyezdi va to‘rtta ekonom-klass vagonini sotib oladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaning aytishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bu borada Ispaniyaning «Ratentes Talgo S.L.U» kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tezyurar poyezdlar va vagonlar hamda ularning ehtiyot qismlari va servis xizmati ko‘rsatish uchun jihozlar sotib olish bo‘yicha tegishli shartnomalar imzolanadi.
O‘tgan yilning sentyabrida O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai va Ispaniyaning Talgo kompaniyalari bilan tezyurar poyezdlar sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026