Jizzax viloyati «Ilg‘or hudud»ga aylantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 yanvar kungi «Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.
Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 martdan boshlab Jizzax viloyatida «Ilg‘or hudud» sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash;
hududni jadal rivojlantirish uchun ilg‘or qarorlarni aniqlash, shuningdek, respublika va hududiy ijro hokimiyati organlarining javobgarlik sohasini aniqlashtirish;
hududning strategik maqsadlari, shuningdek, hududiy davlat boshqaruvi organlari uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish;
tarkibiy islohotlar yordamida investitsiyaviy muhitni yaxshilash;
«Bir qishloq – bitta mahsulot» tamoyili bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni jadallik bilan yaratish;
iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish va sanoatning yangi tarmoqlarini rivojlantirish, Jizzax viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi sinov loyihani tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun mas'ul organ hisoblanadi.
Agentlikning sinov loyihani amalga oshirish doirasida qabul qilgan qarori, boshqaruv xususiyatidagi topshiriqlardan tashqari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, xo‘jalik sub'yektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, idoralar va Jizzax viloyati hokimligining Agentlik bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta'minlaydi hamda sinov loyihani amalga oshirish bo‘yicha Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarishda har tomonlama ko‘maklashadi.
Agentlikka Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish vakolati beriladi.
Agentlik 2019 yil 1 martga qadar:
a) Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy maslahatchilar va mutaxassislarni jalb qilgan holda Jizzax viloyati hududini rejalashtirish sxemasi eskizini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishni ta'minlaydi;
b) Qurilish vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Jizzax viloyati tumanlari va aholi punktlarining bosh rejalarini rejalashtirish sxemalari, shuningdek, tegishli arxitektura-rejalashtirish tadbirlari muvofiqligini nazorat qilish maqsadida ixtisoslashtirilgan Arxitektura-rejalashtirish ekspert kengashini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
v) Jizzax viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi Jizzax viloyatini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi:
davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash, chora-tadbirlarni amalga oshirish va ma'muriy to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish;
tarkibiy islohotlar, shu jumladan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, turizm va foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi tarkibiy islohotlar bo‘yicha takliflar berish;
innovatsion loyihalar, shu jumladan, raqamli iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iste'dodli bolalar va yoshlar imkoniyatlarini, tranzit yo‘llaridagi infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar berish;
urbanizatsiya va kompleks uy-joy qurilishi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
turizm tarmog‘ini, shu jumladan, Zomin tumanida turizm klasterlarini tashkil etish orqali rivojlantirish imkoniyatini yaratish;
suv, gaz va elektr ta'minoti, kanalizatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmasi, Internet tarmoqlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari sohasida talab qilinadigan ishlarning ustuvorligi bo‘yicha infratuzilma holatini baholash va yanada rivojlantirish.
Agentlik ikki hafta muddatda «Ilg‘or hudud» sinov loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ekspert-tahlil kengashini shakllantiradi, shuningdek, uning nizomini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Agentlik Jizzax viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda sinov loyihani amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R.Li va Jizzax viloyati hokimi E.A.Saliyev zimmasiga yuklanadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

15:00 / 08.05.2025
Kuvayt Jizzaxda turizm komplekslarini tashkil qilishi mumkin

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

18:32 / 30.01.2025