Maktab bufetida qaytimga olingan tanga 1,7 mln dollarga sotilishi mumkin
1943 yilda zarb qilingan noyob mis tanga egasi o‘limidan keyin auksionga qo‘yilmoqda. Bu haqda Fox News telekanali ma'lum qildi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida AQShda tangalar misni o‘q-dorilar va boshqa harbiy maqsadlarda tejash uchun po‘latdan zarb qilingan. 1943 yilda zarbxonalarda xatolik tufayli bir nechta mis tanga zarb qilib yuborilgan. Taxmin qilinishicha, bunday tangalardan 40 tacha bo‘lgan: ulardan 10-15 tasi Filadelfiyada, yana bir nechtasi San-Frantsiskoda va Denverda bir dona zarb qilingan.
AQSh hukumati mis tangalar borligini uzoq vaqt rad etib kelgan. Bu esa aql bovar qilmas mish-mishlarga sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, milliarder Genri Ford shunday tanga uchun yangi avtomobil berishga tayyor bo‘lgan. 1943 yilda zarb qilingan birinchi mis tanga urushdan keyin topilgan. 70 yildan keyin shunday tangalardan 12 ta borligi tasdiqlangan.
Ulardan biri Don Lyutes ismli shaxsda saqlangan. U bu tangani 1947 yilda maktab bufetidagi qaytim ichida aniqlagan. Shundan keyin Lyutesga tangani sotib olish istagida yongan numizmatlar tinchlik bermay qo‘ygan. Lyutes tanga haqida ko‘proq ma'lumot olishni istab, AQSh moliya vazirligiga xat yozgan. Bunga javoban 1943 yilda zarb qilingan mis tangalar yo‘qligi ma'lum qilingan. Lyutes natijada tangani o‘zida saqlab qolishga qaror qilgan.
2018 yil sentyabrda Lyutes vafot etgan, uning mis tangasini esa sotishga qaror qilingan. Mutaxassislarning taxminicha, tanganing narxi 1,65 mln dollargacha yetishi mumkin.
2018 yilda Amerika numizmatlar uyushmasi jahon yarmarkasida dunyodagi eng kamyob tangalardan biri – 1913 yilda zarb qilingan 5 sentlik tanga sotuvga qo‘yilgan. Savdolar vaqtida tanganing narxi 4,5 mln dollargacha yetgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024