Sport | 20:30 / 10.01.2019
29846
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Kubogida pley-offning ilk ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda.

V guruhida Iordaniya va Suriya terma jamoalari bellashdi. O‘yin deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, iordaniyaliklar o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol etishdi.

Bu g‘alabadan so‘ng, Iordaniya 6 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi va kamida 2-o‘rinni olishi oydinlashdi. Bu esa iordaniyaliklarning 1/8 finaliga muddatidan oldin chiqqanini anglatadi.

Guruhning yana bir o‘yinida ertaga Avstraliya va Falastin bellashadi.

Osiyo Kubogi
V guruhi, 2-tur
10 yanvar
Iordaniya – Suriya 2:0

Gollar: Muso Sulaymon (26), Xattob (43)
Iordaniya – Amir Shofiy, Salam al-Ajaliyn, Anas Bani Yasin, Toriq Xattob, Sayyid Murjon, Firas Shilbayya, Yasin Al-Baxit, Baho Abdulrahmon, Xalil Bani Attiya, Muso Sulaymon (Ersan, 85), Yusuf Ar-Ravashda (Samir, 52).
Suriya – Ibrohim Alma, Jihod Al-Baur, (Al-Mubayyed, 82), Muayad Al-Ajan (s), Ahmad As-Solih, Abdulmalik Al-Anizan, Fahad Yusuf (Kalfa, 70), Tamir Hoj Muhammad, Usmon, Mardikyan (Al-Mavas, 46), Umar Xarbin, Umar Al-Soma.
Ogohlantirishlar: Mardikyan (2), Al-Anizon (33), Al-Tamariy (80), Al-Baur (80).

 

Mavzuga oid