Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp devorining namunasini oddiy temir arra bilan arralashga muvaffaq bo‘lindi
Foto: nbcnews
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada qurmoqchi bo‘layotgan po‘lat panjaralarni oddiy temir arra bilan arralash mumkinligi ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, bu AQSh milliy xavfsizlik vazirligi o‘tkazgan sinov davomida aniqlandi.
Tramp suratlarda AQShning avvalgi ma'muriyatlari qo‘llagan devor namunasi tasvirlanganini aytgan.
“Biz qurayotgan devordan o‘tish juda, juda qiyin bo‘ladi”, deb aytgan Tramp.
NBC ma'lumotlariga ko‘ra, Trampdan avvalgi prezidentlar vaqtida bunday ishlanmalar haqiqatan qo‘llangan, biroq suratdagi devor namunasi Tramp prezidentligi vaqtida qurilgan.
Ta'kidlanishicha, surat 2017 yil oxirida sinovlar o‘tkazilgan joy – Kaliforniya va Meksika o‘rtasidagi chegarada joylashgan Pogo Rou degan joyda olingan.
Mavzuga oid
01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
18:53 / 23.11.2023
Samarqandda maktab devori o‘quvchining ustiga quladi
16:22 / 15.06.2023