O‘zbekistonda Urbanizatsiya agentligi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.
Farmonga muvofiq, agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
· urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
· sanoatlashtirish siyosatining sur'atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini hisoblash;
· “o‘sish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta'lim, mehnat bozorini shakllantirish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni kelishish;
· qishloq aholisini yangi sanoat ixtisosliklariga o‘qitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
· ilg‘or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yo‘l-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yo‘ldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
· jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, o‘rta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish;
Shuningdek, farmonda ko‘rsatilishicha, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
· yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan barcha mablag‘larni jamlash;
· Konsepsiya doirasida barpo etiladigan yangi shaharlar va yo‘ldosh-shaharlarning bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek ular uchun zarur bo‘lgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obektlari qurilishini moliyalashtirish;
· keyinchalik tushgan mablag‘larni jamlagan holda zarur infratuzilmalarga ega yer uchastkalarini auksion savdolari orqali sotish;
· ipotekani kreditlashning yangi shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘rta va uzoq muddatli ipoteka obligatsiyalarini chiqarish hamda ularni institutsional investorlar orasida joylashtirish orqali ipoteka bozorini rivojlantirish, shuningdek milliy ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar tadbirkorlik, iste'mol, ipoteka va boshqa kreditlar yuzasidan bankka murojaat qilish joyi bo‘yicha ro‘yxatda turish majburiyligi haqidagi talabni bekor qiladigan kreditlashning yangi tartibini ishlab chiqadi va joriy etadi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylar uchun lokal qozonxonalar quriladi
O‘zbekiston | 17:12
-
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi
O‘zbekiston | 17:09
-
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Jahon | 17:09
-
Rossiyada migrantlar uchun maqsadli patentlar joriy qilinishi mumkin
Jahon | 17:02
Mavzuga oid

14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi

12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?

15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi

11:12 / 25.05.2024