Ravshan G‘ulomov Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Botir Asadillayevich Xo‘jayev Iqtisodiyot vaziri lavozimidan ozod etildi va yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Foto: Xalqaro Press-klub
Botir Xo‘jayev 2006—2009 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri sifatida ishlagan. 2005–2006 yillarda O‘zbekiston Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, 2009—2011 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, 2011 yil noyabrda Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. U 2016 yil dekabrda Rustam Azimov o‘rniga Moliya vazirligiga rahbar etib o‘tkazilgan, 2017 yilning noyabridan buyon Iqtisodiyot vazirligini boshqarib kelayotgandi.

Shuningdek, Ravshan Ayubovich G‘ulomov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ravshan Ayubovich G‘ulomov turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari (2001-2004), O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari va «Asaka» bank raisi (2004-2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2012), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori sifatida ishlagan. U 2017 yilning aprelidan 2018 yilning avgust oyigacha Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan, keyingi vaqtlarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Biroz avvalroq O‘zbekiston Prezidentning «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika prezidenti AQShdan importga bojlar joriy qilinishini istisno etmadi
Jahon | 14:15
-
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 14:09
-
O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 13:52
-
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi
Iqtisodiyot | 13:26
Mavzuga oid

13:47 / 26.05.2022
Jamshid Qo‘chqorov - kambag‘allik darajasi 5 yil ichida qanday qilib 2 barobarga kamaytirilishi haqida

15:10 / 25.07.2019
Ravshan G‘ulomov prezidentga maslahatchi bo‘ldi

22:32 / 11.01.2019
Sohib Saifnazarov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

15:58 / 08.08.2018