Belgiyalik uchuvchi 1961 yilda BMT bosh kotibi samolyotini urib tushirganini tan olgan – OAV
Belgiyalik uchuvchi Yan Van Rissegem 1961 yilda Shimoliy Rodeziya (hozirgi Zambiya) ustida BMTning o‘shandagi bosh kotibi Dag Xammarsheld bo‘lgan samolyotni urib tushirgan qiruvchi samolyotni boshqarganini tan olgan. Bu haqda belgiyalik sobiq desantchi Per Koppensga iqtibos keltirgan holda De Morgen nashri xabar berdi.
“Men Yan Van Rissegem samolyotni urib tushirganini bilaman, chunki bu haqda uning o‘zi menga aytib bergan”, deb ta'kidlab o‘tgan Koppens.
Nashrning ma'lum qilishicha, desantchi 2007 yilda vafot etgan Van Risseg bilan 1965 yil apreldan iyungacha Belgiyaning Kortreyk shahri yaqinidagi Moorzele aeroportida stajirovkadan o‘tgan vaqtda tanishgan. Van Rissegem u yerda uchuvchi bo‘lib ishlagan.
BMT bosh kotibi Xammarsheld va uning 15 hamrohi 1961 yil 17 sentyabrdan 18 sentyabrga o‘tar kechasi Ndolo (Zambiya) ustida halokatga uchragan. Bosh kotib Kongoning Katanga viloyatiga ayirmachilar yetakchisi Moiz Chombe bilan muzokaralar olib borgani yo‘l olayotgan bo‘lgan. Bosh kotib uchgan Douglas DC-6 samolyoti bo‘laklari aeroportdan 15 km uzoqlikda topilgan. Halokatning turli sabablari bildirilgan, biroq uning aniq sababi o‘rnatilmagandi.
2017 yilda samolyot havodan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘lgan. Natijada BMT Bosh assambleyasi o‘sha fojianing yangi tergovini o‘tkazish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilgandi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024