Markaziy Osiyoning eng körkam mamlakatlaridan biri bölgan Özbekiston sayyohlarni özining ajoyib Buyuk Ipak yöli merosi, salobatli masjidlari, minoralari va serşovqin bozorlari bilan maftun qilib keladi, deb yozadi GoodHousekeeping naşri.
Afsonaviy Ipak yölining çorrahasida joylaşgan mamlakat dam oliş uçun har tomonlama salohiyatli maskan hisoblanadi. 2019 yil Özbekistonga sayohat qiliş uçun eng mukammal davr. Nima uçun deysizmi?
1. Endi sizga viza kerak bölmaydi
2019 yilning 1 fevralidan 45 mamlakat, jumladan Buyuk Britaniya va Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada kabi Yevropa mamlakatlari fuqarolari uçun 30 kungaça muddatga Özbekistonga sayohat qilişga viza kerak bölmaydi. 2016 yilda davlat rahbari etib saylangan Şavkat Mirziyoyev mamlakatni global turizm va investitsiyalar uçun oçiş maqsadida qator islohotlar haqida e'lon qildi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi ma'lumotlariga köra, 2017 yildan YuNeSKO jahon merosiga kirgan tarixiy hududlar, Toşkent, Samarqand va Buxoro şaharlarini boğlovçi tezyurar temir yöl tarmoği şarofati bilan turizm rivoji 40 foizga oşgani kuzatilgan.
2. Özingiz uçun Markaziy Osiyo oşxonasi durdonalarini kaşf qiling
Özbekistonda töyimli taomlar köp - çuçvaradan tortib to qöy göştidan tayyorlangan kaboblargaça. Aslida qöy va qöziçoq göşti özbek taomlarida keng qöllaniladi. Özbekistonning eng maşhur milliy taomi - palov, ya'ni guruç, göşt, sabzi, piyoz va ziravorlarni özida jamlagan taom. Palov odatda oilaviy tadbirlar, töy hamda bayram kunlari tortiq qilinadi.
Asrlar davomida Özbekistonda Buxoro yahudiylari ham istiqomat qiladi hamda mamlakat urf-odatlari va madaniyatiga öz hissasini qöşib keladi. Buxoroning ba'zi an'anaviy taomlari - sarimsoq sousli qovurilgan baliq, oş-palov - mol va tovuq göştidan tayyorlangan guruçli taomning öziga xos varianti.

3. Jahonning eng qadimiy me'morçilik durdonalarini öz közingiz bilan köring
Zamonaviy Özbekiston qadim islom dunyosining madaniy va ilm-fan markazi bölgan şaharlardan taşkil topgan, şuning uçun u yerda qator me'morçilik durdonalari joylaşgan. Masalan, Buyuk Ipak yöli böyidagi Buxoro şahrida 365 masjid mavjud, Xivaning örta asr savdo markazi esa sahroda ajoyib saqlanib qolgan.














