Gap şundaki, Grenlandiya poytaxti Nuukda 2200 metr uzunlikdagi uçiş-qöniş yölagiga ega yangi xalqaro aeroport oçilmoqda. U yirikroq samolyotlarga Arktika hududini dunyoning qolgan qismi bilan boğlaş imkonini beradi.

Iyundan boşlab AQŞning Nyu-Jyersi ştatidan töğridan töğri mavsumiy reyslar yölga qöyiladi, parvoz davomiyligi tört soatdan sal köproqni taşkil etadi.

Hozir ham Grenlandiyaga yiliga 130 000 sayyoh kruiz kemalari yoki samolyotlar orqali taşrif buyurmoqda. Mintaqa turizmga oçilişi bilan bu raqam oşadi, şu bilan birga, rasmiylar haddan taşqari yuklama tuşmasligiga umid bildirdi.

Yangi aeroport oçilişidan oldin, Grenlandiyaga şimoldagi Kangerlussuak yoki janubdagi Narsarsuak kabi kiçikroq şaharlar orqali parvoz qilinardi. Bu ikkala şahar ham Ikkinçi jahon uruşi paytida qurilgan AQŞ sobiq harbiy bazalari bölib, ular kattaroq samolyotlarni qabul qila oladi.

Yangi aeroport Air Greenland uçun baza vazifasini ötaydi. Aviakompaniya Airbus A330neo samolyotini Daniyaning Kopengagen yönalişida ekspluatatsiya qiladi. Aeroport soatiga 800 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega. Bundan taşqari, parvozlar Nuukni Islandiyaning Reykyavik şahri bilan boğlaydi.

Greenland Airports boş direktori Yens Lauridsen Nuukda yangi obektning oçilişi turizm va iqtisodiyotga katta ta’sir körsatişini ta’kidladi. Hisob-kitoblarga köra, har bir parvoz Grenlandiya iqtisodiyotiga 200 ming dollar keltiradi.

Uning sözlariga köra, sayyohlar Grenlandiyaga kelganida ularni nostandart turistik tajriba kutayotganini tuşunişi kerak: “Biz Arktikada turibmiz, bu yerga kelgan sayyohlarni sarguzaştlar kutadi”.

Grenlandiyada 2026 yil oxirida şimoldagi Ilulissat va janubdagi Kakortok şaharlarini boğlaydigan yana ikkita aeroport oçilişi rejalaştirilmoqda. Atigi 90 kilometr asfaltlangan yölga ega bu mamlakatda mahalliy aholi va sayyohlar Grenlandiyadagi boşqa manzillarga boriş uçun samolyotda uçişi yoki qayiqda suzişi kerak. Yangi aeroportlar esa sayohatlarni ança osonlaştiradi.