Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya o‘z tarixidagi eng yirik harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda – OAV
Foto: Global Look Press
Anqaraning Suriyadagi uchinchi operatsiyasi Turkiya tarixidagi eng katta ko‘lamlisi bo‘lishi mumkin. Avvalgi operatsiyalar – “Frot qalqoni” va “Zaytun shoxi”da ancha kamroq kuchlar jalb qilingandi.
Agar Turkiya o‘ylagan rejasini amalga oshirsa, unda Suriya chegarasini odatdagi 4-8 ming turk harbiysi o‘rniga, 80 ming harbiy kesib o‘tadi, deb yozmoqda Yeni Safak nashri.
Voqealar rivojining ehtimoliy ssenariylaridan biri 500 kmlik chegara chizig‘ida armiyani joylashtirish va keyinroq uning Suriya hududiga 10 kmga kirib borishi bo‘ladi. Bu Anqara dushmanlarining qochishga yo‘lak yaratishga urinishlarining oldini oladi.
Birinchi bosqichda jangarilardan 30 ming kvadrat kilometr maydonni tozalash rejalashtirilmoqda. Ikkinchi bosqichda esa qo‘shinlar yana 10 km ichkariga kirib boradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya Suriyada kurdlarga qarshi operatsiyani davom ettirsa, uni xarob qilish bilan tahdid qilgandi. Shu bilan birga Tramp kurdlarni Anqarani keskin choralar ko‘rishga majbur qilmaslikka chaqirgan.
Mavzuga oid
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026