Jahon | 22:11 / 15.01.2019
6123
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an AQShning Suriyadan chiqib ketishini to‘g‘ri qadam deb atadi

Foto: kremlin.ru

 AQShning Suriyadan chiqib ketishi to‘g‘ri qadam, dedi Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an.

"AQShning Suriyadan chiqib ketishi – bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam, chunki Suriya inqirozini bu mamlakat jarohatlarining bitishi foyda, chuqurlashishi esa zarar keltiradigan mamlakatlargina bartaraf etishi mumkin", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Kommersant" gazetasi.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Anqarada "Turkiya va Suriyaning hududiy yaxlitligiga tahdid soladigan hech qanday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi haqida doimo ochiq aytib kelinganini" qo‘shib qo‘ydi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya "qo‘shni mamlakat hududiy yaxlitligini saqlab qoladigan siyosiy yo‘l tarafdoridir".

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu AQSh prezidenti Donald Trampni Anqara Suriyadagi kurd kuchlariga qarshi hujum qilsa, AQSh unga qarshi iqtisodiy choralar ko‘rishi haqidagi tviti uchun tanqid qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid