Yaponcha uzoq umr ko‘rish sirlari

Foto: Reuters
Qadim zamonlardan to hozirgi kunlargacha odamlar ko‘p e'tibor qaratadigan ikki masala mustahkam sog‘liq va uzoq umr ko‘rish hisoblanadi. Yaponiya aholisi uzoq umr ko‘ruvchi davlat hisoblanadi. Bu yerda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84 yoshni tashkil qiladi. Yaponlar kundalik odatlari va ovqatlanishlarini nazorat qiladilar. Xo‘sh, yaponlarning uzoq umr ko‘rish siri nimada?
Yaponlar yog‘li va achchiq taomni kam iste'mol qiladilar va parhezbop mahsulotlarni afzal ko‘radilar. Chunki zararli yegulik iste'mol qilish ichki a'zolar ishiga ta'sir qilishi mumkin va sog‘liqqa zarar keltiradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, muvozanatlashgan diyetaga amal qiluvchilar va yaxshi odatlarga ega bo‘lganlar mustahkam sog‘liq va uzoq umr bilan mukofotlanadilar. Yaponlar uzoq umr ko‘rish omillari reytingida sportni faqatgina 3-o‘ringa qo‘yadilar. Bu reytingning 1-o‘rnini esa biz ko‘pincha inobatga olmaydigan omil egallaydi.
1. To‘laqonli uyquni ta'minlash. Uyquda inson a'zolari bo‘shashadi. Agar biz yetarlicha vaqt uxlamasak, unda bu ichki a'zolar ishida buzilishlarga va qon aylanishi tezligi pasayishiga olib keladi. Bunda moddalar almashinuvi va chiqaruvchi funksiyalar buziladi, bu esa organizmning ifloslanishi, toksinlar yig‘ilishiga olib keladi. Oqibatda immunitet pasayadi va sog‘liqqa putur yetadi.
2. Muvozanatlashgan diyeta. Sabzavotlar, go‘sht va soyadan iborat yengil hazm qilinuvchi va to‘yimli ovqat iste'mol qilish zarur. Avvalambor 3 martalik ovqat yeyish tamoyiliga amal qilish, achchiq va yog‘li ovqat kamroq yeyish kerak. Katta miqdorda zararli yegulik iste'mol qilish qon quyuqligiga ta'sir qiladi va moddalar almashinuviga ham putur yetadi. To‘g‘ri ovqatlanib siz nafaqat organizmga foydali moddalarni o‘zlashtirishda yordam berasiz, balki sog‘lig‘ingizni mustahkamlaysiz.
3. Kundalik faollik. Sport to‘g‘ri qon aylanishiga yordam beradi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi va shu bilan mehnat qobiliyatini oshiradi. Shu tariqa organizmdan toksinlar chiqariladi va ular kamroq to‘planadi, ichki a'zolarga yuklama kamayadi. Sport bilan shug‘ullanish miya faolligini qo‘zg‘atadi va kayfiyatni yaxshilaydi. Agar har kuni muntazam harakatda bo‘linsa, bu nafaqat ovqat hazm qilishga yordam beradi, balki immunitetni oshiradi.
4. Hayotga pozitiv qarash. Optimizm sog‘liqqa va kayfiyatga yaxshi ta'sir ko‘rsatadi. Statistikaga ko‘ra, keksa yoshlilarning 80 foizdan ko‘prog‘i yaxshi kayfiyatda bo‘ladi, hayotdan bahra oladi va ko‘p do‘stlarga ega bo‘ladi. Agar doim tashvishlanib yurilsa, bu endokrin diskraziyasiga va insulin ishlab chiqarilishi kamayishiga olib keladi. Bu esa yana ichki a'zolarga zarar keltiradi. Doimiy stresslar sog‘liqni barbod qiladi, ijobiy his-tuyg‘ular esa, aksincha, uni mustahkamlaydi.
Tavsiya etamiz
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi
O‘zbekiston | 18:38
-
Britaniya artilleriya snaryadlari va geksogen ishlab chiqarishni keskin oshiradi
Jahon | 18:29
-
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
Jahon | 17:35
-
Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 17:33
Mavzuga oid

13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi

17:02 / 26.02.2025
Olimlar 100 yoshga kirishga yordam beruvchi 10 ta mahsulotni ma’lum qildi

13:11 / 26.01.2023
100 yoshdan ko‘proq yashovchilar oroli – Yaponiyaning Okinava orolida nega odamlar uzoq umr ko‘radi?

23:27 / 15.09.2020