Indoneziyalik baliqchi Malayziyaning “Boing” samolyoti qulagan joyni bilishini aytdi
Indoneziyalik baliqchi Malayziyaning MH370 layneri qulagan joyni bilishini ta'kidlamoqda. Bu haqda Dailymail nashri xabar berdi. 42 yoshli erkakning aytishicha, u va uning jamoasi a'zolari 2014 yil 8 mart kuni yuz bergan halokatning guvohlari bo‘lishgan.
Baliqchining ta'kidlashicha, u samolyot qulagan joyning GPS-koordinatalarini yozib olgan va ularni tergovchilarga ko‘rsatgan. Kuala-Lumpurdagi anjumanda baliqchi samolyotning qulayotgani va qora tutunni ko‘rganini ma'lum qilgan.
Malayziya hukumati samolyot qulagan joyni aniqlashga bir necha yillik urinishlardan keyin tergovni to‘xtatishga qaror qilgan.
Malaysia Airlines aviakompaniyasining Kuala-Lumpurdan Pekinga MH370 reysini amalga oshirgan Boeing 777-200 samolyoti havoga ko‘tarilgandan bir soat keyin radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Samolyotda 227 yo‘lovchi va ekipajning 12 a'zosi bo‘lgan, ularning barchasi bedarak yo‘qolgan.
Samolyotning bir nechta bo‘laklari, jumladan eshiklari qoplamasi, zakrilkalari qismlari dunyoning turli burchaklarida aniqlangan.
Aviaxavfsizlik sohasidagi yetakchi mutaxassislar samolyot qasddan yo‘q qilingani haqidagi fikrga kelishgan.
Mavzuga oid
19:09 / 20.12.2024
Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlarini qayta boshlashga qaror qildi
14:10 / 20.12.2024
Malayziya banki O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etishi mumkin
10:55 / 18.12.2024
Malayziya bilan "aqlli" shahar texnologiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi
22:20 / 08.12.2024