Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda amaldor tashqi ko‘rinishi sababli parlamentdan chiqarib yuborildi
Foto: RIA Novosti
Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida deputatlar boshlang‘ich kasb ta'limi agentligi xodimi Talantbek Tinisovning tashqi ko‘rinishini tanqid ostiga olishdi.
Deputatlardan biri agentlikni kim bildirishini so‘raganda, amaldor o‘rnidan turib, moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi bo‘limi boshlig‘i ekanini ma'lum qilgan.
Deputat nima uchun Tinisov yig‘ilishga futbolkada kelganini so‘ragan. Bunga javoban amaldor uning egnida jyemper ekanini va yig‘ilishga kasal bo‘lib qolgan rahbari o‘rniga kelishiga to‘g‘ri kelganini aytgan.
“Jogorku Keneshda kiyish kerak bo‘lgan kiyim haqida tartib-qoida bor. Bu nimasi? Jogorku Kenesh apparati, nega bunga qaramaysiz? Hukumat apparati va vazirlar mahkamasi vakili, bu nimasi? Bozormi?”, deb achchiq bildirgan vitse-spiker Mirlan Bakirov.
Bakirov amaldor taklif qilinganlar ro‘yxatida yo‘qligini aytgan va undan yig‘ilish zalini tark etishni so‘ragan.
Mavzuga oid
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
17:44 / 23.02.2026