Londonda ishlagan mutaxassis Navoiy viloyati hokimiga maslahatchi bo‘ldi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati
Uzoq yillar xorijda ishlab tajriba orttirgan mutaxassis – Jo‘rayev Nazirjon Xomidovich Navoiy viloyati hokimining investitsiya va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi vazifasiga tayinlandi. Bu haqida Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
N.Jo‘rayev 1983 yilda Karmana tumanida tug‘ilgan. Navoiy davlat konchilik institutini bitirgan. 2007 yilda London buxgalteriya va moliya kollejini tamomlagach, 2011 yilgacha Angliyada “Oceanic Village LTD” kompaniyasida menedjyer, 2018 yilgacha “Jones Lang Lasalle” kompaniyasida biznes inshootlarini boshqarish bo‘yicha menedjyer yordamchisi vazifalarida ishlagan. Shuningdek, London qimmatli qog‘ozlar bozorida tajriba to‘plagan. Shu davrda Angliya Raskin universitetining magistratura bosqichida ta'lim olgan.
«O‘zbekistonda men kabi yosh mutaxassislarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rib, tug‘ilib o‘sgan yurtimga qaytib, xizmat qilishga qaror qildim. Viloyat hokimining taklifidan ruhlanib, g‘ayrat va shijoat bilan ishga kirishmoqdaman. Navoiy viloyati juda katta resurslarga boy hudud hisoblanadi. Xususan, yer osti va yer usti tabiiy zaxiralaridan qurilish industriyasida keng foydalaniladigan shisha, marmar va granit toshlari hamda bazalt tolasini ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdim. Xorijiy investorlar bilan mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatib, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha viloyatda katta imkoniyatlar mavjud ekan. Xorijda o‘rganganlarimni hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lganim uchun Prezidentimizdan juda minnatdorman», – deydi hokim maslahatchisi N.Jo‘rayev.
Tajribali mutaxassis viloyatga kamida 2 ta xalqaro banklarning investitsiyalarini jalb etish, Germaniyadagi xalqaro universitetning filialini ochish hamda bir qator innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga olgan investitsion loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surmoqda.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

18:13 / 13.02.2025