Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘ynoq innovatsiyalar, texnologiyalar va investitsiyalar markaziga aylantiriladi

Qoraqalpog‘iston Republikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Mo‘ynoq tumani innovatsiyalar, texnologiyalar va investitsiyalar markaziga aylantirishni nazarda tutuvchi,barcha zaruriy infratuzilmaga, jumladan, innovatsion maktab, sport obektlari, davolash-profilaktika muassasalari, zamonaviy aeroport, mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar dam olish markazlari, “selfi obekt”lari, optik tolali Internet tarmog‘i, IP-televideniyega ega bo‘lgan zamonaviy shaharchaga aylantiriladi.
Qaror bilan 2019–2021 yillarda Mo‘ynoq tumanini jadal kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur, shuningdek sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 yanvarga qadar tumanda davlat ro‘yxatidan o‘tib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar quyidagilardan ozod etiladi:
• yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovlaridan;
• chetdan keltiriladigan qurilish materiallari bojxona to‘lovlaridan;
• chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlaridan.
Shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga olib kirilayotgan transport vositalaridan boj to‘lovlarini to‘lamasdan foydalanish huquqi berildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tumanning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tayyorlangan reklama mahsulotlarini O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi teleradiokanallarda namoyish etish bepul amalga oshiriladi.
Qarorga muvofiq, tuman hokimiga 2022 yil 1 yanvargacha auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish huquqini 50 yil muddatga “nol” xarid qiymatida sotish huquqi berildi.
Shuningdek, Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, 2019–2020 yillarda jami 160 o‘rinli 3 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 200 o‘rinli 8 ta oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 315 o‘quvchiga mo‘ljallangan va dasturlashni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan innovatsion maktab, kamida 2 ming o‘rinli amfiteatr, yangi 42 ta ko‘p kvartirali uylar qurish rejalashtirilgan.
Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami 75 ta istiqbolli investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga chet davlatdan pul o‘tkazmalari kiberjinoyatchilar hujumiga uchramoqda
O‘zbekiston | 10:52
-
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»
Jahon | 10:44
-
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi
Jamiyat | 10:28
-
Iqlimshunos: “Kuzatilayotgan issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy ta’sir qilmoqda”
O‘zbekiston | 10:04
Mavzuga oid

20:53 / 01.07.2025
«Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik» ekotizimi joriy etiladi

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

17:34 / 02.12.2024
Sun’iy idrok tadqiqot natijalarini odamlardan yaxshiroq bashorat qilmoqda

20:45 / 12.11.2024