Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘p qavatli uylardan birining balkonlari qulab tushdi
Bugun, 17 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining balkonlari qulab tushdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Bugun soat taxminan 18:40 da Toshkent shahri Uchtepa tumani 23-kvartalda joylashgan 20-uyning 5-qavatdan 2-qavatgacha ustma-ust joylashgan to‘rtta xonadonning balkonlari qulab tushdi”, deyiladi IIBB matbuot xizmati xabarida.
Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.
Balkonlar vayron bo‘lishiga g‘ishtdan qurilgan devor isitilishi tufayli osma balkon konstruksiyasining buzilishi sabab bo‘lganligi aytilgan.
Video: Mover
Mavzuga oid
09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
10:21 / 02.01.2025