Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi ma'lum qilindi
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekistonliklar 2018 yilda olgan o‘rtacha ish haqi miqdori ma'lum qilindi.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi 1 822,2 ming so‘mni (jumladan, ish haqiga ustamalar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari va ishlanmagan vaqt uchun to‘lovlar, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmalari jamg‘armalariga badallar) tashkil qilgan va 2017 yilga nisbatan 25 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.
2018 yilda 2017 yilga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish haqi eng ko‘p miqdorda axborot va aloqa sohasida (33,8 foiz), sanoatda (30,6 foiz), bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyatida (29,9 foiz) va qurilishda (29,2 foiz) oshgan.
O‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi hududlar kesimida ko‘riladigan bo‘lsa, eng yuqori daraja Toshkent shahrida - 2570,4 ming so‘m (respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichning 141,1 foizini tashkil qiladi), Navoiy viloyatida - 2371,0 ming so‘m (130,1 foiz) va Toshkent viloyatida - 2063,1 ming so‘m (113,2 foiz), eng past ko‘rsatkich Samarqand viloyatida – 1431,3 ming so‘m (78,5 foiz) va Namangan viloyatida - 1434,5 ming so‘m (78,7 foiz) kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
15:37
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
10:47 / 16.03.2026