Toshkent shahrining doimiy aholisi soni bir yilda qanchaga o‘sgani aytildi
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga 2510,8 ming kishini tashkil etib, 2018 yilda 45,9 ming kishiga yoki 1,9%ga o‘sgan.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 46,3 ming bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 18,6 promilleni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan 0,9 ga (2017 yilning mos davrida 17,7 promille bo‘lgan) o‘sdi.
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 15,7 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 581 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim koeffitsiyenti 6,3 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,4 ga kamaydi (2017 yilning mos davrida 6,7 promille bo‘lgan).
Poytaxt aholisining tabiiy o‘sishi 30,6 ming kishini tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 3,9 ming kishiga o‘sishi (2017 yilning mos davrida 26,7 ming kishi bo‘lgan) kuzatildi.
FHDYo organlarida 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 20,3 mingta nikoh va 4,3 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi.
1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 8,2 promilleni tashkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,4 ga o‘sdi (2017 yilning mos davrida - 7,8 promille bo‘lgan).
Nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,7 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega (2017 yilning mos davrida 1,5 promille bo‘lgan) o‘sgan.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024