Sport | 23:19 / 20.01.2019
6838
2 daqiqa o‘qiladi

«Tottenhem» oxirgi soniyalarda gol urib, g‘alaba qozondi

Angliya Premer-ligasining 23-turida «Fulhem» «Tottenhem Hotspur»ni qabul qildi. Londondagi «Kreyven Kottej» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 17-daqiqasida «shporlar» hujumchisi, boshlang‘ich tarkibda jarohat tufayli safdan chiqqan Harri Keyn o‘rnini egallagan Fernando Lorente burchak zarbasi ijro etilgan vaqtda to‘pni o‘z jamoasi darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. 

Mezbonlar 51-daqiqada Dele Allining goli bilan javob qaytarishdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisi yakunlanayotgan vaqtda Harri Uinks «Tottenhem»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

«Tottenhem» endilikda 51 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda joylashgan, Maurisio Pochettino shogirdlari peshqadam «Liverpul»dan 9 ochko ortda qolishmoqda. «Fulhem» 14 ochko bilan 19-o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati
23-tur
Fulhem – Tottenhem 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 17, avtogol Lorente, 1:1 – 51 Alli, 1:2 – 90 Uinks.
Fulhem – Riko, Odoi, Le Marshan, Rim, Chembers, Babel (Sessenon, 55), Seri (Sisse, 81), Kristi, Shyurrle (Kebano, 72), Brayyen, Mitrovich.
Tottenhem – Loris, Sanches, Vertongen, Rouz, Alderveyreld, Lamela (Dayyer, 79), Uinks, Alli (Nkudu, 86), Eriksen, Tripper, Lorente.
Ogohlantirishlar: Mitrovich (74), Sanches (74), Seri (75), Rouz (79), Alderveyreld (90).

Mavzuga oid