Ignatiy Nesterov: «Milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman»
BAAda o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya – O‘zbekiston o‘yini (0:0, penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:2) yakunlangach, mikst zonada O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Kun.uz muxbirining savollariga javob qaytardi.
— Siz avvalgi intervyularingizda bu siz uchun so‘nggi Osiyo kubogi ekanligini ta'kidlab o‘tuvdingiz. Bizni JCh-2022 saralash o‘yinlari kutmoqda. Terma jamoada o‘ynashda davom etasizmi?
— Yo‘q… Yoshlar o‘ynashi kerak. Balkim Toshkentda o‘tadigan navbatdagi ayrim o‘yinlarda maydonga tusharman, shundan so‘ng terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman. Endi yoshlarga o‘zini ko‘rsatishlari uchun navbat berishi kerak. Men esa o‘z oilamga ko‘proq vaqt ajratishga o‘taman.
— Bugungi o‘yin haqida fikringiz qanday?
— Fikrimcha, bizga birozgina tajriba yetishmadi. O‘yin oldidan Avstraliya munosib qarshilik ko‘rsatamiz, ularga aslo oson bo‘lmaydi, deb va'da bergan edim. O‘yin ham men aytgandek bo‘ldi.
— Futbolchilarimizning ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdingizmi?
— Juda qoniqdim. Barchaga tashakkur bildiraman, yigitlarning hammasidan roziman. Bizni qo‘llab turgan yaqinlarimga, butun mamlakatimizdan kelib stadionda va televizor qarshisida bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman.
Eslatib o‘tamiz, Ignatiy Nesterov milliy terma jamoa safida jami 105 ta o‘yinda ishtirok etib, 112 ta gol o‘tkazgan.
Mavzuga oid
17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi
21:06 / 28.11.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z o‘rnida qoldi
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024