Dunyoning eng qimmatbaho brendlari ma'lum qilindi
Brand Finance kompaniyasi talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmatbaho brendlari reytingining yetakchi uchtaligi 2018 yil ichida o‘zgarmadi. Amazon hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda, ushbu brend 187,9 mlrd dollarga baholangan (o‘sish 24,6 foiz).
2-o‘rinni Apple (153,6 mlrd, 5 foiz o‘sish), 3-o‘rinni Google (142,7 mlrd, 18,1 foiz o‘sish) egallamoqda.
Yetakchi o‘ntalikdan AQShning 7 ta kompaniyasi (yuqorida qayd qilingan yetakchi uch kompaniyadan tashqari Microsoft, AT&T, Facebook va Verizon), Xitoyning 2 ta (ICBC va China Construction Bank) va Janubiy Koreyaning bitta kompaniyasi – Samsung o‘rin olgan (4-o‘rin). Samsung kompaniyasi brendi yetakchi o‘ntalikda arzonlashgan yagona kompaniya bo‘ldi (91,2 mlrd dollar, 1,1 foizga arzonlashgan).
Mutaxassislar eng kuchli brend sifatida Ferrari’ni e'tirof etishgan. Bunda kuchlilik koeffitsiyenti investitsiyalar va marketing, aksiyadorlik kapitali o‘lchami va bu omillarning biznesning samaradorligiga ta'siri asosida hisoblab chiqiladi.
Bu borada 2-o‘rinni Rossiyaning Sberbanki egalladi. Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan: Deloitte, WeChat, McDonald’s, Intel, Rolex, Neutrogena, Coca-Cola va PwC.
Mavzuga oid
22:52 / 11.11.2024
Amazon o‘z haydovchi va kurerlari uchun navigatsiyaga ega aqlli ko‘zoynaklarni yaratmoqda
23:26 / 17.09.2024
Amazon o‘z xodimlarini ofisdan turib ishlashga qaytarmoqchi
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
14:05 / 24.08.2024