Buxorodan Xivagacha: tarixiy shaharlar bir yo‘lda birlashdi
15 yanvar kuni tarixiy Xiva shahriga Buxorodan tezyurar yo‘lovchi poyezdi qatnovi boshlandi. Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 15 – 16 yanvar kuni yo‘lovchilar, bir guruh jurnalist va turizm agentliklari vakillari uchun media-tur tashkil qildi.
07:30. Buxoro tomon yo‘l Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan "Afrosiyob"da boshlandi.
Eslatma o‘rnida - ayni paytda "Afrosiyob" uchun chiptalar quyidagi narxlarda sotiladi:
VIP toifa - 328 ming so‘m;
Business toifa - 238 ming so‘m;
Econom toifa - 173 ming so‘m;
09:38. Tezyurar poyezd O‘zbekistonning markaziy sayyohlik manzillaridan biri - Samarqand shahrida to‘xtab oldi. Ma'lumot o‘rnida, sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan O‘zbekiston shaharlari orasida 31 foiz ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda aynan Samarqand shahri turadi.
11:20. "Afrosiyob" poyezdi Buxoro shahriga yetib keldi. Buxoro shahri temir yo‘l vokzalining tashqi ko‘rinishiga mumtoz me'moriy bezaklar bilan jilo berilgan. Statistikaga ko‘ra, odatda bir sayyoh o‘rtacha 2,4 kunni Buxoro shahrida o‘tkazadi.
Buxoro shahriga nafaqat xorijlik mehmonlar, balki yurtdoshlarimizning katta qismi ham muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun keladi. Uzoq masofadagi manzillardan keluvchilar uchun aynan poyezd shaharlararo qulay transport vositasi hisoblanadi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan yurtimiz turizm markazlariga qatnovchi poyezdlarda tozalik va tartib, muomala madaniyatiga bo‘lgan munosabat ham sekin-asta o‘zgarayotganini sezish mumkin.
Ko‘hna Xiva shahriga yo‘l oluvchi 50-sonli yo‘lovchi tezyurar poyezd 13 vagondan iborat bo‘lib, vagonlar "Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan.
Buxoro - Xiva yo‘nalishidagi poyezd 15 yanvardan boshlab oyning toq sanalarida soat 12:05da Buxoro vokzalidan harakatini boshlaydi va soat 17:50da Xiva vokzaliga yetib boradi.
12:05. Tezyurar poyezd Xiva tomon yo‘lga chiqdi.
Buxoro - Xiva yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxlari esa quyidagicha:
VIP toifa - 176 784 so‘m;
Business toifa - 97 049 so‘m;
Econom toifa - 67 707 so‘m;
VIP-bo‘lmalar va Business toifa o‘rindiqlari bir xil. VIP-bo‘lmalarning o‘ziga xos jihati ular parda bilan to‘siladigan alohida xonalar shaklida va har birida monitorlar o‘rnatilgan.
Business toifa vagoni esa shunday ko‘rinishda:
Business toifa vagonlarda telefon va planshetlar quvvatini to‘ldirib olish uchun USB-rozetkalari o‘rnatilgan.
Econom toifadagi vagon ko‘rinishi ham juda yaxshi. Yangi o‘rindiqlar Turkiyadan keltirilgan. Ularni ham qulay holatga moslashtirish imkoniyati mavjud.
Poyezd issiq, yarim tayyor, turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etuvchi restoran-vagon bilan ham ta'minlangan:
17:50. Poyezd Buxorodan yangi qurib ishga tushirilgan Xiva vokzaliga yetib keldi.
Vokzal va Urganchdan Xivagacha bunyod etilgan umumiy uzunligi 33.7 km yangi temir yo‘lni 29 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib bergandi.
Yangi vokzal Buxorodan Xivaga yo‘l olajak turistlarning katta oqimini ham qabul qilishga tayyor. Vokzal bir vaqtning o‘zida 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.
Xivadan Buxoroga poyezdlar oyning juft sanalarida 08:45da yo‘l oladi va 14:48da Buxoroga yetib boradi.
Xivagacha temir yo‘lning va yangi vokzalning qurilishi Toshkent - Samarqand - Navoiy - Buxoro - Urganch - Xiva shaharlari turistik tizmasini vujudga keltirdi.
Yaqin kelajakda Xivaga ham tezyurar "Afrosiyob" elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Media tur davomida ayon bo‘ldiki, agarda tezyurar elektropoyezdlar Xivaga ham harakatlansa, oddiy sayyoh O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy shaharlarini o‘ta qisqa vaqt ichida, hatto bir kunda ham tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bu faktor esa yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlar oqimining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
21:16 / 26.07.2023
Jazirama issiq tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi
21:35 / 11.05.2022
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanmoqda
21:07 / 17.04.2022
Afg‘oniston «O‘zbekiston temiryo‘llari» bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
11:54 / 10.07.2020