O‘zbekiston va YeI yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
Toshkent joriy yilning fevral oyida o‘tkazilishi kutilayotgan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarga mezbonlik qiladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
23 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian bilan uchrashdi. U atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va suv resurslaridan foydalanish sohasida hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi «Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo» konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan YeI delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.
«O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayoni boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu o‘rinda, fevral oyi boshida Toshkent shahrida ushbu masala bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundini o‘tkazish takliflari ko‘rib chiqildi.
Yevropa tomoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish ishtirokida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondini qo‘llab quvvatlashini ma'lum qildi», – deyiladi TIV axborotida.
Ma'lum qilinishicha, YeI maxsus vakili Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish jarayonida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash va texnik yordam ko‘rsatishga Yevropa Ittifoqi tayyorligini tasdiqlagan.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning qo‘shma institutlari, jumladan, «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» hamkorlik qo‘mitasi, Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha kichik qo‘mitaning qo‘shma majlislarini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, O‘zbekistonning «Bosh preferensiyalar tizimi plyus» doirasida tarif imtiyozlarini olish istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024
Janubiy Koreya va YeI KXDR askarlari Rossiyaga yuborilganini qoraladi
10:30 / 05.11.2024