Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yolg‘iz sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinda joylashdi
Wegoplace sayohatlar onlayn servisi 2019 yilda yolg‘iz sayyohlar qaysi davlatlarga qo‘rqmasdan sayohat qilishlari mumkinligini ma'lum qildi.
Mutaxassislar 142 mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazishdi va ular tunda shaharda yolg‘iz o‘zlari yurganda o‘zlarini qanchalik xavfsiz his qilishlari, mahalliy politsiyaga ishonchi va tunda talonchilik yoki hujumlarga duch kelgan-kelmaganini aniqlashdi.
Ma'lum bo‘lishicha, eng yuqori xavfsizlik ko‘rsatkichi Singapurda ekan (97 ball). Undan keyingi o‘rinlarda Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya joylashdi (xavfsizlik ko‘rsatkichi 93 ball). Beshinchi o‘rinni O‘zbekiston egalladi (91 ball), undan keyingi o‘rinlarda Honkong (91 ball), Shveytsariya (91 ball), Kanada (90 ball), Indoneziya (89 ball) va Daniya (88 ball) joylashgan.
Shuningdek, ekspertlar yolg‘iz sayyohlar uchun eng xavfli mamlakatlar reytingini ham tuzishdi. Reytingda eng yuqori o‘rinlarni Venesuela (44 ball), Afg‘oniston (45 ball) va Janubiy Sudan (54 ball) egalladi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026