Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ilk KGB muzeyi ochildi
AQShda sobiq ittifoqning davlat xavfsizlik qo‘mitasi – KGB faoliyatiga bag‘ishlangan ilk muzey ochildi. Muzey Nyu-Yorkda joylashgan va xususiy hisoblanadi. Bu haqda Daily Beast nashri ma'lum qildi.
Muzeyda 5 mingdan ko‘proq eksponat joylashgan bo‘lib, undan 3,5 mingi sobiq ittifoq vaqtida yaratilgan, maxsus xizmatlar xodimlari qo‘llagan buyumlardir. Ta'kidlanishicha, muzeyda birgina fototexnikaning 100 dan ko‘proq turi, jumladan sigareta, kamar va boshqa buyumlar ichiga o‘rnatish mumkin bo‘lgan josuslik kameralari bor.
Shuningdek, igna bilan har qanday kichik o‘lchamli buyum ichiga joylashtirish mumkin bo‘lgan “minijuchoklar” (yashirincha eshitish moslamalari) taqdim qilingan.
Muzey egalarining ta'kidlashicha, muzey mutlaq siyosatdan yiroqdir.


Mavzuga oid
20:27
Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalarning o‘tishi uchun haq olishini e’lon qildi
10:40
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronga yangi zarbalar berdi
10:56 / 11.07.2026