Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Yanukovichga sirtdan 13 yillik qamoq jazosi tayinladi
Kiyevning Obolon tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga davlatga xiyonat qilish ishi bo‘yicha sirtdan 13 yillik qamoq jazosi tayinladi.
Shu bilan birga, Yanukovich “odamlar o‘limi va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish” ayblovi bo‘yicha oqlangan. Sud, shuningdek, Ukraina mudofaa qobiliyatiga zarar yetkazish ayblovini ham istisno qilgan.
Yanukovichning mulkini xatlash o‘z kuchida qolgan. Ukrainaning sobiq prezidenti 98,5 ming griven (3,5 ming dollar) miqdoridagi sud xarajatlarini qoplab berishi kerak.
Jazoni o‘tash muddati Yanukovich hibsga olingandan boshlab hisoblanadi.
Yanukovichning advokati Aleksandr Baydik hukm o‘qib eshittirilgandan keyin u bo‘yicha arz qilinishini aytgan. Boshqa bir himoyalovchi Aleksandr Goroshinskiy sud boshidan hokimiyat bosimi ostida harakat qilganini, barcha ayblovlar isbotlarini mamlakatni hozirda boshqarayotgan kishilar taqdim qilganini aytgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026