O‘g‘ridan qocha olgan qizcha uni qutqarish uchun tayinlangan mukofot pulini oladigan bo‘ldi

AQShning Viskonsin shtatidan bo‘lgan 13 yoshli Jyeymi Kloss uni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchidan qochishga muvaffaq bo‘ldi va buning uchun 25 ming dollar bilan mukofotlanadigan bo‘ldi. Bu haqda mukofotni tayinlagan Hormel Foods kompaniyasi ma'lum qildi.
“Uning jasurligi va kuchliligi butun dunyo bo‘ylab xodimlarimizni ilhomlantirdi”, deb aytgan kompaniya rahbari Jim Sni.
Kompaniya pullarni trast fondiga qizcha nomiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
2018 yil oktyabrda qizning ota-onasi o‘ldirilib, uning o‘zini o‘g‘irlab ketishgan. Qizcha 88 kundan keyin qochishga muvaffaq bo‘lgan. Uni o‘g‘irlagan 21 yoshli Jyeyk Patterson hibsga olingan. Jinoyatchining aytishicha, u qizchani ko‘chada ko‘rgach o‘g‘irlashga qaror qilgan.
Qiz haqidagi ma'lumot uchun Hormel Foods’dan 25 ming dollar va FQBdan yana shuncha, jami 50 ming dollar mukofot puli tayinlangan. FQB va'da qilgan pullar kimgadir berilishi noma'lumligicha qolgan.
Mavzuga oid

01:25
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi

21:59 / 18.06.2025
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

21:35 / 18.06.2025
Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘ydi va Putinning vositachiligini rad etdi

18:25 / 18.06.2025