Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela mudofaa vaziri mamlakatda davlat to‘ntarishi amalga oshirilayotganini ma'lum qildi
Venesuela mudofaa vaziri mamlakatda davlat to‘ntarishi amalga oshirilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Venesuelada 21 yanvardan beri norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo 23 yanvarda mamlakatda muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtida o‘zini mamlakatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qildi. AQSh uni prezident deb tan olishini e'lon qilgan va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarshi kuch ishlatmaslikni talab qilgan.
Maduro o‘zini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolif parlament rahbari Guaidoni esa “AQSh qo‘g‘irchog‘i” deb atagan. Ayni vaqtda AQShdan tashqari, Guaydoning vaqtinchalik prezident maqomini Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru tan oldi.
Maduro o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida unga Turkiya prezidenti qo‘ng‘iroq qilib, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirganini aytdi. Maduroni shuningdek, Boliviya prezidenti Evo Morales, Kuba hukumati qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.
Clarin nashrining ma'lum qilishicha, Nikaragua va Salvador rahbarlari ham Maduroni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026