AQSh ma'muriyati amerikaliklarni Venesuelani tark etishga chaqirdi
AQSh ma'muriyati Venesuelada bo‘lib turgan Amerika fuqarolariga ichki siyosiy inqiroz keskinlashgani sababli bu mamlakatni tark etishni tavsiya qildi.
Bu haqda davlat departamentining konsullik ishlari bo‘yicha byurosi o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi.
Tashqi siyosat mahkamasining bildirishicha, ayni paytda Amerika hukumatining “Venesueladagi AQSh fuqarolariga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun” imkoniyati yo‘q.
"Venesuelada yashayotgan yoki u yerga yo‘l olmoqchi bo‘lgan Amerika fuqarolariga ushbu davlatni tark etish va u yerga borish rejasidan voz kechish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqishlari kerak bo‘ladi”, deb ta'kidlaydi davlat departamenti.
Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo 23 yanvarda mamlakatda muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtida o‘zini mamlakatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qildi. AQSh Guaidoni prezident deb tan olishini e'lon qilgan va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarshi kuch ishlatmaslikni talab qilgan.
Maduro o‘zini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolif parlament rahbari Guaydoni esa “AQSh qo‘g‘irchog‘i” deb atagan. Ayni vaqtda AQShdan tashqari, Guaidoning vaqtinchalik prezident maqomini Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru tan oldi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024