Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Kubogi. Qatar Janubiy Koreyani musobaqadan chiqarib yubordi
Osiyo Kubogida chorakfinal o‘yinlari davom etmoqda.
Qatar terma jamoasi Janubiy Koreya bilan bellashdi va kutilmaganda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 79-daqiqada Abdulaziz Hatim tomonidan urildi. Futbolchi uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, darvozabonni dog‘da qoldirdi. Bu gol Feliks Sanches shogirdlarini yarim finalga olib chiqdi.
Bungacha Yaponiya va Eron yarim final yo‘llanmasini hal qilgandi. Bu ikki terma jamoa yarimfinalda o‘zaro o‘ynaydi.
Qatar terma jamoasining yarimfinaldagi raqibi esa BAA – Avstraliya o‘yinida aniqlanadi.
Qatar guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etgan va 10ta gol urib, bitta ham gol o‘tkazmagandi. Birinchi turda Livan (2:0), ikkinchi turda Shimoliy Koreya (6:0), uchinchi turda Saudiya Arabistoni (2:0) hisobida mag‘lub etilgandi. Nimchorak finalda qatarliklar Iroq to‘sig‘idan o‘tishgandi (1:0).
Qayd etish kerakki, Qatar va boshqa arab davlatlari o‘rtasidagi siyosiy nizo tufayli qatarlik muxlislar BAAga o‘z terma jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyura olishmagan.
Osiyo Kubogi, 1/4 final
25 yanvar
Qatar – Janubiy Koreya 1:0
Gol: Abdulaziz Hatim (79)
Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Min Je, Kim Jin Su, Li Yen, Kim Yen Gvon, Ju Se Jon (Ji Don Von, 82), Jon U Yen, Xvan In Bom (Ku Cha Chxol, 74), Li Chxon Yen (Li Sin U, 84), Son Xin Min, Xvan Iy Jo.
Qatar – Al-Shib, Salim, Al-Hajri, Pedru Migel, Al-Raviy, Salmon, Xuxi, Hatim, Afif, Ali (Ala, 90), Xolid (Budiaf, 90).
Ogohlantirishlar: Kim Min Je (9), Hatim (37), Al-Raviy (40), Chjon U Yen (51).
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026