Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyliklar Toshkentda ko‘p tarmoqli universitet ochishni rejalashtirishmoqda
Toshkent shahri hokimiyatida Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda poytaxtda yangi ko‘p tarmoqli universitet ochish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Hokimiyat matbuot xizmatida ta'kidlanishicha, yangi oliy ta'lim muassasasida sanoatning turli sohalari bo‘yicha ko‘plab talabalarni o‘qitish rejalashtirilmoqda. Universitetda malakali mutaxassislarni tayyorlashga erishish uchun bir qator maxsus xonalarni laboratoriya ishlari va tadqiqotlar o‘tkazish uchun jihozlash rejalashtirilgan.


Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, universitetdagi ta'lim jarayoni kimyo ishlab chiqarishi, biotexnologiyalar, avtomobilsozlik hamda axborot injyeneriyasi bo‘yicha ko‘plab amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta'kidlanishicha, xorijiy delegatsiya vakillari bo‘lg‘usi universitetning moddiy-texnika bazasini joylashtirish uchun maqbul binoni izlashmoqda.
Mavzuga oid
21:56 / 20.05.2026
Putin Xitoyga tashrifini yakunladi: asosiy ma’lumotlar
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
18:02 / 20.05.2026