Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Guaydo hukumatini tan olishga tayyorligini bildirdi
Agarda yaqin kunlar ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishga tayyor, deyiladi Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida.
Qayd etilishicha, "o‘tgan yil may oyida Venesuelada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarini erkin, adolatli va ishonchga loyiq deb hisoblab bo‘lmaydi".
"Mamlakatga zudlik bilan haqiqatan ham Venesuela aholisi irodasini ifoda etadigan hukumat kerak", deyiladi bayonotda.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Ispaniyadan so‘ng Niderlandiya ham sakkiz kun ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi e'lon qilinmaydigan bo‘lsa, Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan olishini ma'lum qilgandi.
Ayni paytgacha AQSh, Braziliya, Kanada, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Honduras, Panama, Paragvay, Peru, Gruziya, Albaniya va qator davlatlar Guaydoni vaqtinchalik davlat rahbari deb tan oldi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026