Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqning uch davlati Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan olish shartini ma'lum qildi
Foto: REUTERS/Carlos Garcia Rawlins
Agarda Nikolas Maduro sakkiz kun ichida mamlakatda saylov o‘tkazilishini e'lon qilmasa, Ispaniya, Fransiya va Germaniya Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan oladi.
"Agarda sakkiz kun ichida saylov haqida e'lon qilinmasa, Ispaniya Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan oladi", dedi Ispaniya hukumati raisi Pedro Sanches.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ham Twitter sahifasida "Agarda sakkiz kun ichida saylov e'lon qilinmasa, biz siyosiy jarayon boshlanishi uchun Guaydoni "vaqtinchalik prezident" deb tan olishga tayyormiz" deb yozdi.
Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Martina Fits ham Twitter sahifasida Venesuelada sakkiz kun ichida saylov e'lon qilinmasa, Guaydoni vaqtinchalik prezident deb tan olishga tayyorligini bildirdi Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo 23 yanvarda mamlakatda muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtida o‘zini mamlakatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qildi. AQSh Guaydoni prezident deb tan olishini e'lon qilgan va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarshi kuch ishlatmaslikni talab qilgan.
Maduro o‘zini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolif parlament rahbari Guaydoni esa “AQSh qo‘g‘irchog‘i” deb atagan. Ayni vaqtda AQShdan tashqari, Guaidoning vaqtinchalik prezident maqomini Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru tan oldi.
Mavzuga oid
13:01 / 07.03.2026
AQSh va Venesuela diplomatik munosabatlarni tiklamoqda
12:25 / 05.03.2026
Yevroittifoq Rossiyadan dezinformatsiyaga qarshi kurash strategiyasini o‘zgartirmoqda
09:34 / 05.03.2026
Putin YeIga gaz yetkazib berishni muddatidan oldin to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda
14:37 / 03.03.2026