Sport | 22:41 / 28.01.2019
28533
1 daqiqa o‘qiladi

Keyrush Eron terma jamoasini tark etdi

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Osiyo Kubogi yarimfinalida Yaponiya terma jamoasidan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, o‘z lavozimini tark etishini e'lon qildi, deb xabar beradi FOX Spors Asia. 

65 yoshli portugaliyalik mutaxassis 2011 yil aprel oyida Eron terma jamoasini qo‘lga olgan edi. Uning boshchiligida Eron 2 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Osiyoning 1-raqamli jamoasiga aylandi.

Avvalroq, Karlush Keyrushning Kolumbiya terma jamoasida ish boshlashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid