Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Rossiya va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kuchlar o‘rtasida to‘qnashuv chiqdi
Suriyada Bashar Asadning Rossiya va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi ittifoqdoshlari o‘rtasida to‘qnashuv chiqdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi Suriyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Suriya armiyasining Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi nufuzli tuzilmasi “Yo‘lbars kuchlari”ning 5-brigadasi va Bashar Asadning kichik ukasi Mohir Asad qo‘mondonligi ostidagi 4-diviziya o‘rtasida nizo chiqqan.
Ayni vaqtda ikki kuchlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Hamo viloyatining bir qator aholi punktlarida davom etmoqda. Oqibatda qurbonlar va yaralanganlar bor, ularning aniq soni ma'lum qilinmagan. To‘qnashuvlar davomida og‘ir qurollar, jumladan tanklar qo‘llangan.
Ta'kidlanishicha, ixtilofning avj olishi hududda Eronning ta'sirini kamaytirishga urinish bilan bog‘langan.
Rossiya Eron va Turkiya bilan Suriyadagi ixtilofni tinchlik yo‘li bilan hal qilishda kafil davlatlar hisoblanadi. Eron kuchlari Suriyada hukumat qo‘shinlariga jangarilarga qarshi kurashishda ko‘mak ko‘rsatadi. Isroil va AQSh esa Eronning Suriyadan ketishini talab qilib keladi.
Mavzuga oid
17:48 / 12.07.2026
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
22:16 / 10.07.2026