Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda nigeriyalik ayollar o‘zbekistonlik sayyohni tunab ketishdi
BAAda nigeriyalik besh nafar ayol o‘zbekistonlik sayyohning 1200 dollar pulini o‘g‘irlab ketishdi, deb yozmoqda Gulf News nashri.
«Dubayda 28 yoshdan 33 yoshgacha bo‘lgan nigeriyalik besh nafar ayol o‘zlarini massajchi sifatida tanishtirib o‘zbekistonlik sayyoh yashayotgan xonadonga kelishgan. Ular sayyohni yechintirib suratga tushirishgan, so‘ngra tahdid qilib 1200 dollar pulini olib ketishgan», deb yozadi nashr.
Nashrning bildirishicha, sayyoh ilgari massaj seanslariga borib turgan bo‘lib, ayollarning tashrif qog‘ozini olgan va ular bilan WhatsApp orqali aloqaga chiqqan.
«Ayollar xonadonimga bostirib kirishdi va eshikni qulflab olishdi. Ular menga hujum qilib, kiyimlarimni yechib olishdi. Meni o‘ldirish bilan tahdid qilishib pullarimni olib ketishdi», degan u politsiyaga.
Ayollar qo‘lga olingan va sudda aybsiz deb topilib ozodlikka chiqarilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
11:55 / 25.05.2026
Toshkent viloyatida tog‘da jarohatlangan sayyoh qutqarildi
17:39 / 22.05.2026