Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chegarada IShIDdan darak yo‘q”: Tojikiston afg‘on chegarasidagi vaziyatdan tashvishlanmaslikka chaqirmoqda
Tojikiston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari davlat chegarasining tojik-afg‘on liniyasi bo‘yicha yuz berayotgan hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Rossiya Federatsiyasi IIV rahbarining o‘rinbosari Igor Zubovning “IShID” terrorchilik guruhini jangarilarining yirik guruhi tojik-afg‘on chegarasi yaqiniga tashlangani haqidagi bayonoti bunga sabab bo‘lgan, deb yozadi Asia-plus.
Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov IIVning Tatariston bo‘yicha yakuniy hay'at yig‘ilishida chiqish qilar ekan, “IShID” noma'lum vertolyotlar bilan o‘z jangarilarni Pokistondan Tojikiston chegarasiga eltib tashlayotgani haqida bayonot bergan.
Zubov “aftidan, u yerda istiqbolda ko‘p sonli qochqinlarni barcha oqibatlari bilan Rossiya tomon siqib chiqarishga qaratilgan keng miqyosli provakatsiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, degan hamda politsiyachilarga Tojikiston va O‘zbekistondan kelganlarni kuchaytirilgan tartibda tekshirishga chaqirgan.
Biroq, tojik chegarachilari bevosita tojik-afg‘on chegarasi bo‘ylab bugungi kunda “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari qayd etilmaganligi hamda chegarani mustahkamlash uchun zaruriyat ham yo‘qligini ta'kidlashmoqda.
“Bugungi kunda tojik-afg‘on chegarasida vaziyatning keskinlashuvi uchun yetarli miqdorda chegara qo‘shinlari kuchlari va vositalari bor, chegara tomon qo‘shimcha qo‘shin va texnikani jo‘natishga zaruriyat yo‘q. Ikkinchi liniyada mudofaa vazirligining harbiy bo‘linmalari ham joylashgan”, — deyiladi chegara qo‘shinlari tarqatgan bayonotda.
Ayrim ekspertlarning fikricha, Rossiya o‘z qo‘shinlarini Tojikiston va Afg‘oniston chegarasiga qaytarmoqchi, shuning uchun ruslarning rasmiylari vaqti-vaqti bilan mana shunday qo‘rqinchli bayonotlar bilan chiqish qilib turishadi.
“Lekin Tojikiston davlat chegarasini o‘zi qo‘riqlashini allaqachon aniq-tiniq bildirib bo‘lgan. Tojikistonning pritsipial siyosati davlat chegarasida xavfsizlikni o‘z kuchlari bilan ta'minlashga qaratilgan”, — deydi tojik siyosatshunosi Rashi G‘ani Abdullo.
“Harbiy ekspertlarning ta'kidlashlaricha, bugungi kunda Tojikiston kuch ishlatar idoralari Afg‘oniston bilan chegara chizig‘ida va chegaraoldi hududlarda mavjud har qanday tahdidni neytrallashtirishga qurblidir”, — deydi ekspert Ilhom Nazriyev.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025