Poroshenko Ukraina prezidenti saylovlarida ishtirok etishini e'lon qildi
Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etishini e'lon qildi.
Poroshenkoning bunday qarorni qabul qilishiga “mamlakat, zamondoshlar, ajdodlar va avlodlar oldidagi javobgarlik hissi” majbur qilgan.
Poroshenko ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surishini Kiyevda o‘tayotgan “Krutdan Bryusselgacha” forumida ma'lum qilgan. U shu forumda Ukraina 2024 yilda Yevropa Ittifoqiga kirishga ariza topshirishini va NATOga kirish bo‘yicha rejani olib, uni bajarishni boshlashni mo‘ljallayotganini qo‘shimcha qilgan.
Poroshenko Rossiya bilan munosabatlarga to‘xtalib, u bilan “sovuq bo‘lsa ham tinchlik” kerakligini ta'kidlab o‘tgan. Ukraina prezidentining aytishicha, mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash siyosiy-diplomatik yo‘l, jumladan sanksiyalar qo‘llash bilan davom ettiriladi.
Poroshenko prezident lavozimini 2014 yil iyundan egallab keladi.
Ukraina prezidenti saylovlari 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovlarda ishtirok etish istagini mamlakatning sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko va teleboshlovchi Vladimir Zelenskiy ham bildirgan.
Saylovlar bir bosqich bilan tugashi uchun nomzodlardan biri 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi lozim. Agar bu yuz bermasa, 21 aprelda 2-bosqich bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
09:05 / 22.10.2022
Poroshenko: Kiyev Rossiyaning Eron dronlaridan foydalanganini isbotlay oladi
18:39 / 15.03.2022
Poroshenko milliarder maqomini yo‘qotdi
20:42 / 17.01.2022