Qibrayda 1-sinf o‘quvchisini urgan o‘qituvchi sudlanadigan bo‘ldi

Qibray tuman IIB navbatchilik qismiga 2019 yil 23 yanvar kuni kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qibray tumanidagi mahallalardan birida istiqomat qiluvchi Yu.B. 2011 yilda tug‘ilgan farzandi Sh.A. bilan 22 yanvar kuni Qibray tumani tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga murojaat qilgani va o‘g‘lini Qibray tumanidagi maktabda, ingliz tili darsida o‘qituvchisi Z.J. urib, tan-jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish davrida tushuntirish bergan 2011 yildan buyon maktabda ishlab kelayotgan 31 yoshli o‘qituvchi Z.J.ga ko‘ra, 22 yanvar kuni 1-“B” sinfiga mashg‘ulot o‘tayotgan vaqtida o‘quvchisi Sh.A. dars vaqtida kulib gaplashib o‘tirganligini, uni bir necha marotaba tartibga chaqirishiga qaramay, gaplashib o‘tirganligi sababli tanbeh sifatida bir marotaba yuz qismiga urib yuborganligini aytib o‘tgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Sh.A. o‘g‘lini o‘ng yuz yumshoq to‘qimasini lat yeyishi va teri osti gematomasi ko‘rinishidagi tan jarohati, 6 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzilishiga olib keladigan va shu belgisiga ko‘ra og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati toifasiga kirishligi aniqlangan.
Bundan tashqari, fuqaro Z.J. joriy yilning 23 yanvar kuni Qibray tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 08:00 larda maktab o‘qituvchilaridan biri bilan birga Sh.A.dan xabar olgani borganida, uning otasi I.A. tomonidan haqoratlanganligini bayon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tuman IIB XPB profilaktika inspektori Sh.Abdullayev tomonidan 29 yanvar kuni JPKning 83-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish va o‘qituvchi Z.J.ning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 52-moddasi 2-qismi va o‘quvchining otasi — I.A.ning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli ularga nisbatan to‘plangan hujjatlarini Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudga mazmunan ko‘rib chiqishlik haqida qaror qabul qilingan.
Ayni paytda to‘plangan hujjatlarni ma'muriy tartibda ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda
Jahon | 08:07
-
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi
Jahon | 08:03
-
MRB Rossiyaning saylovlarga aralashuviga oid hisobotdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi
Jahon | 07:56
-
Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi
Jahon | 07:44
Mavzuga oid

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

16:59 / 23.06.2025